• news ID :

    122892

  • /
  • Date :

    2023-09-06

  • Font

Sherali Jo‘rayev O‘zbekiston 300x200 - Ozbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdiُTurkmensnews- Sherali Jo‘rayev 1947-yili 12-aprel kuni Andijon viloyatida tavallud topgan. 1971-yilda Toshkent teatr va rassomchilik institutining Aktyorlik san’ati yo‘nalishini tamomlagan.

Madaniyat vazirligining yozishicha, u mehnat faoliyatini 1972-yilda “Shodlik” ashula va raqs ansamblida xonanda sifatida boshlagan. Shuningdek, 1979−1986-yillarda Andijon viloyati filarmoniyasi xonandasi, 1986−1996-yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xonandasi, 1996−2017-yillarda “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, 2017-yilda shu kunga qadar “Ozbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi sifatida samarali ijod qilib kelayotgandi.

Xofizning mehnatlari munosib baholanib, 1981-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan, 1987-yilda “O‘zbekiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 1991-yilda A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat mukofoti bilan, 2018-yilda “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan, 2018-yilda “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va 2022-yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan./Uzreport

Share :
Share :

In Telegram

Join To Our Channel

In Instagram

Follow Our Page

Commets

Your Comment

*

*
*

بالا
ترکمن نیوز